lib.cspi.uz
Eng yangi elektron resurslar

( Informatika ) Dasturlash tillari fanidan glassariy


( Informatika ) Dasturlash tillari fanidan glassariy

  • Yozilgan yili: 2019 .
  • Bo'limi: Glassariylar
  • Elektron resurs QR code surati:
Resurs haqida

algoritm - 1.  Vazifani   bajarishga  qaratilgan  aniq belgilangan qoidalarning tartiblangan chekli to‘plami.

2.   Dastlabki    ma’lumotlarni   oxirgi   natijaga o‘tkazuvchi  hisoblash   jarayoni  orqali  masala yechimini  aniq ko‘rsatuvchi  amallar   mazmuni va ketma-ketligi.

Algoritm tavsifnomalariga quyidagilar kiradi:

-  berilgan   dastlabki  ma’lumotlar  bilan natijaning bir turliligi;

- jarayonni inson yoki hisoblash mashinasi tomonidan  bajarilishi   mumkin  bo‘lgan  ayrim

amallarning chekli soniga bo‘lish mumkinligi;

-   ko‘p    sinfga   oid   masalalarga    mos   ko‘p dastlabki ma’lumotlar uchun natija olish mumkinligi.

Hisoblash mashinasiga algoritm dastur shaklida beriladi. Bitta masalani  yechishning   bir necha algoritmi mavjud bo‘lishi mumkin. Ular orasida eng  samaralisini,   bajarilishi  uchun  eng   kam

amallar, mashina vaqti, xotira va h.k.ni talab qiluvchi algoritmni tanlash lozim. Samarali algoritmlar  mavjud  bo‘lishi shartlari va ularni qurish (ishlab  chiqish)ni   o‘rganish algoritmlar nazariyasi asosini tashkil etadi.

Algoritm  atamasi   o‘rta  asrlarda  yashab   ijod etgan buyuk o‘zbek matematigi Al-Xorazmiy nomidan kelib chiqqan. U o‘zi kashf etgan o‘nli

sanoq tizimida IX asrning 825 yilidayoq  to‘rt arifmetika  amallarini  bajarish   qoidalarini bergan. Arifmetika amallarini bajarish jarayoni esa  alxorazm   deb  atalgan.  Bu   atama  1747 yildan boshlab algorismus, 1950 yilga kelib algorifm deb ham ataldi. Kompyuterlar paydo bo‘lishi bilan algoritm atamasi hozirgi ma’nosi bilan   axborot    texnologiyalari   sohasida   eng asosiy atamalardan biri bo‘lib qoldi.

Konstanta - o‘zgartirish mumkin bo‘lmagan qiymat..

Ko‘rsatkich - qiymati konkret tipdagi ob’ektlar uchun xotirada ajratilgan adreslarga teng o‘zgaruvchi. SHuning uchun ko‘rsatkichlar ta’riflanganda ularning adreslarini ko‘rsatish shart.

Funksiya- quyidagi ikki sifatda qarash mumkin:

•xosila tiplardan biri;

•dastur bajariluvchi minimal moduli.

preprotsessor direktivasi – dasturdagi almashtirishlarni uning kompilyasiyasigacha boshqaradi. 

Rekursiv funksiya - deb uziga uzi murojjat kiluvchi funksiyaga aytiladi.

Struktura – bu ma’lumotlarni bir butun nomlangan elementlar to‘plamiga birlashtirish. Struktura elementlari (maydonlar) xar xil tipda bo‘lishi mumkin va ular xar xil nomlarga ega bo‘lishi kerak.

Bitli maydonlar- strukturalarning xususiy xolidir. Bitli maydon ta’riflanganda uning uzunligi bitlarda ko‘rsatiladi (butun musbat konstanta).

Birlashma - asosiy xususiyati shundaki uning xamma elementlari bir xil boshlang‘ich adresga ega bo‘ladi.

Massiv- indeksli o‘zgaruvchidir.Satrli konstanta- ikkilik qavslarga olingansimvollar ketmaketligidir. Satrli konstanta oxiriga avtomatik ravishda satr kuchirish simvoli qo‘shiladi.

Satr- qiymati simvolli konstanta bo‘lgan simvolli massiv sifatida ta’riflanadi.

Sinf – bu mavjud bo‘lgan tiplar asosida yangi yaratilgan strukturlangan tip.

Sinf usuli - bu ob’ektlar ustida bajariladigan operatsiyalarni aniqlovchi sinf funksiyasi.

Sinf ma’lumotlari – bu ob’ekt strukturasini xosil qiluvchi maydon.

Konstruktor - bu sinf ob’ektlarini avtomatik initsializatsiya kilish uchun ishlatiladiganmaxsus komponentali funksiya.Destruktor - sinfning biror ob’ekti uchun ajratilgan xotira ob’ekt yo‘qotilgandan so‘ng bo‘shatilishini avtomatik bajarish imkonini yaratadi

Statik komponent- xamma yaratilgan ob’ektlar uchun umumiy komponentdir.

Vorislik- o‘zining barcha ajdodlarining xususiyatlari, ma’lumotlari, metodlari va voqealarini meros qilib oladigan xosila sinfini e’lon qilish imkoniyatini beradi, shuningdek yangi tavsiflarni e’lon qilishi xamda meros sifatida olinayotgan ayrim funksiyalarni ortiqcha yuklashi mumkinI.

Virtual funksiyalar- mexanizmiga biror komponent funksiyaning xar bir xosilaviy sinfda aloxida varianti mavjud bщlish lozim bщlganda murojaat qilinadi. Bunday funksiyalarga ega sinflar polimorf sinflar deb ataladi va ob’ektli dasturlashda axloxida o‘ringa ega.

Virtual funksiyalar kechki yoki dinamik bog‘lanish mexanizmi asoslangandir.

Abstrakt sinf– deb xech bo‘lmasa bitta sof (bo‘sh) virtual funksiyaga ega bo‘lgan sinfga deyiladi.



O'xshash resurslar

Izohlar (0)