lib.cspi.uz
Eng yangi elektron resurslar

( Informatika ) Kompyuter lingvistikasi fanidan amaliy mashg'ulotlar


( Informatika ) Kompyuter lingvistikasi fanidan amaliy mashg'ulotlar

Resurs haqida

Amaliy mashg‘ulotlarni tashkil etish bo‘yicha 

ko‘rsatma va tavsiyalar

Amaliy mashg‘ulotlarda talabalar turli o‘tilgan mavzular bo‘yicha nazariy va amaliy masalalarni o‘rganadilar.

Amaliy mashg‘ulotlarni tashkil etish bo‘yicha kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidar ko‘rsatma va tavsiyalar ishlab chiqildi. Unda talabalar ma’ruza mavzulari bo‘yicha olgan bilim va ko‘nikmalarini amaliy tahlil orqali yanada boyitadilar. Shuningdek, darslik va ko‘nikmalar orasida talabalar bilimlarni mustahkamlashga erishish, tarqatma materiallardan foydalanish, ilmiy maqolalar va tezislar chop ettirish orqali bilimni oshirish, test savollari tuzish tavsiya etiladi.

Amaliy mashg‘ulotlar uchun  quyidagi mavzular tavsiya etiladi:

  1. Fanning maqsad va vazifalari,  fanning o‘zbek tilshunosligi uchun ahamiyati.
  2. Matematik mantiq asoslari.
  3. Tilshunoslikda  aksiomatik nazariya.
  4. Tilshunoslikda modellashtirish metodidan foydalanish.
  5. O‘zbek, rus va ingliz tillari  grammatikasining qiyosiy tahlili.
  6. Lingvistik masalalarni matematik  usullar bilan yechish yo‘llari. 
  7. Kompyuterda  lingvistik masalalarni matematik  usullar bilan yechish muammolari.
  8. Dunyo miqyosidagi kompyuter lingvistikasiga oid tadqiqotlar. Yevropa va Rossiyadagi kompyuter lingvistikasiga oid tadqiqotlar.
  9. Turkologiya va o‘zbek tilshunosligidagi kompyuter lingvistikasiga oid tadqiqotlar.
  10. Kompyuter lingvistikasining asosiy yo‘nalishlari.
  11. Avtomatik tarjima.
  12. Avtomatik tahrir.
  13.  Kompyuter leksikografiyasi. 
  14. Matematik statistika. 
  15. Til o‘rgatish jarayonini avtomatlashtirish.
  16. Kompyuter  dasturlarini yaratish tamoyillari.
  17. O‘zbek tilining axborot – kompyuter uslubini yaratish mezonlari.
  18. Kompyuter tahlili va ingliz tilidagi gaplarni o‘zbek tiliga tarjima qilish algoritmi.
  19. O‘zbek tilida fe’lning tuslanishining kompyuter dasturi.
  20. Fe’l analizi  va sintezi dasturi.
  21. Matematik va kompyuter lingvistikasi fanining rivojlanish istiqbollari.
  22. Lingvistik kompyuter dasturlarini takomillashtirish   yo‘llari.
  23. Tilshunoslikning zamonaviy yo‘nalishlari.
Izoh: Mazkur ro‘yxatdagi mavzulardan amaliy mashg‘ulotlar uchun ajratilgan soatlar hajmiga mos holda foydalanish tavsiya etiladi.


O'xshash resurslar