lib.cspi.uz
Eng yangi elektron resurslar

RANGSHUNOSLIK


RANGSHUNOSLIK

  • Yozilgan yili: 2009 .
  • Bo'limi: Badiiy adabiyot
  • Elektron resurs QR code surati:
Resurs haqida
Ko'chirib olish  s_bulatov-rangshunoslik.pdf Hajmi: 5.02 Mb Ko'chirib olganlar: 94 Fayl nomi: s_bulatov-rangshunoslik.pdf
Faylni online o'qish: s_bulatov-rangshunoslik.pdf


Dunyo cheksiz sir-sinoatlardan iboratdir. Uni bamisoli musawiming «Qora kvadrat» asariga ramziy ma’noda o‘xshatsa bo‘ladi. Zero, «kvadrat» —
uning adabiy yaratilganligini, to‘rt tomoni — cheksizlik timsolini anglatsa, «qora rang» esa mavhumlik dunyo sir-sinoatining barchasini anglab bo‘lmas
sir ekanligidan dalolat beradi. Insoniyat qanchalik shu sirlami bilishga harakat qilmasin, biroq uning tafakkuri ojizlik qilishi, tabiiydir. Pirovardida, bu
mo‘jizalarni o‘rganish uchun insonga cheksiz umr kerak bo'lishi haqida falsafiy xulosaga kelasan, kishi. Borliqni kuzatar ekanmiz, bizni qurshab turgan olam turli-tuman ranglardan iborat ekanligini ko‘rib hayratga tushamiz. «Bu ranglarda qanchalik ma’no yotadi?» — deb o‘yga tolasan. Ajdodlarimiz tabiatning shu sirli olamiga hayratga tushib, asrlar davomida uni o‘iganib kelishgan. Har bir rang bir olam ma’noni anglatadi. «Nima uchun tabiat yashil
rangda yaratilgan? Buning sababi nimada? Agar tabiat qizil yoki sariq rangli bo‘lsa, qanday ma’noni anglatgan bo'lar edi? Qaysi ranglar inson kayfiyatini ko‘taradi? Qay biri salbiy yoki ijobiy ta’sir ko'rsatadi? Inson yoki hayvonlaming ranglari orqali ular salomatligini aniqlasa bo‘ladimi?». Asrlar davomida ajdodlarimiz, fan arboblari muayyan darajada ilmiytadqiqot ishlarini, tajribalarni o‘tkazib kelishmoqda. Hozirda, hatto ba’zi rivojlangan mamlakatlarda maxsus rang institutlari va ilmiy laboratoriyalar bu borada samarali faoliyat ko‘rsatib kelishmoqda. Bu o‘rinda Yaponiyaning Tokio shahridagi dunyoga mashhur rang institutini ta’kidlash mumkin. Yirik olimlar tomonidan rang tufayli ramziy ma’noda «so'zlashish», ranglar vositasida insonlami davolash,
 arbiyalash, ranglar jilg‘asi orqali falsafiy fikr yuritish, rang orqali insonlaming ichki dunyosini anglash, shuningdek, ranglaming qishloq xo‘jaligi unumdorligini oshirishda, iqtisodda va boshqa masalalarni ijobiy hal etishdagi mavqeyi haqida tadqiqotlar olib borilmoqda.

O'xshash resurslar

Izohlar (0)