lib.cspi.uz
Eng yangi elektron resurslar

Musiqa nazariyasi maqsad va vazifalari


Musiqa nazariyasi maqsad va vazifalari

  • Yozilgan yili: 2019 .
  • Bo'limi: ---
  • Elektron resurs QR code surati:
Resurs haqida

Ko'chirib olish  fanning-masad-va-vazifalari.docx Hajmi: 15,28 Kb Ko'chirib olganlar: 215 Fayl nomi: fanning-masad-va-vazifalari.docx
Faylni online o'qish: fanning-masad-va-vazifalari.docx


“Musiqa nazariyasi (solfedjio, garmoniya, musiqiy asarlar tahlili)” kursining maqsadi va vazifalari.

“Musiqa nazariyasi (solfedjio, garmoniya, musiqiy asarlar tahlili)” kursining maqsadi – talabalarda musiqiy ifodalilikka nisbatan ongli tafakkurni tarbiyalash  va ularni idrok etish qobilyatini hosil qilish; talabalarning musiqiy dunyoqarashini, idrokini shakllantirish va rivojlantirish, musiqiy-estetik didini to‘g‘ri yo‘naltirish va boyitish, ijodiy qobiliyatlarini o‘stirish; talabalarni musiqa o‘qituvchisi sifatida amaliy faoliyatga tayyorlashdan iborat.

Fanning asosiy vazifalari quyidagilar: 

  • talabalarga musiqiy ifodalilikning asosiy vositalarini tushunib yetishishlarida  chuqur bilimlar berish hamda musiqiy-texnik ko‘nikmalarni o‘rgatish
  • amaliy ishlardagi nota matnini o‘qish jarayonini mukammallashtirish va ovoz intonatsiyasining sofligiga erishish
  • musiqiy asar shaklining  tuzilishidagi  asosiy qonuniyatlari, muhim musiqa elementlari, musiqiy rivojlanish printsiplari, shakldagi  qismlar funktsiyasi bilan talabalarni tanishtirish va turli xil musiqiy shakllarni tahlil qilish malakalarini shakllantirish 
  • kompozitorlik ijodining ahamiyatli masalalari va asosiy muammolari bilan yaqindan tanishtirish hamda musiqa tizimi va unda muhim o‘rin egallagan garmoniya haqida aniq tushunchalar berish;
  • talabalarning musiqiy fikrlash, musiqiy eshitish, sof intonatsiyani xis eta olish qobiliyatlarini va musiqiy xotirasini shakllantirish, ularda lad, ritm, sur’at va uslub tuyg‘usini tarbiyalash hamda o‘zlashtirgan bilimlarini amaliyotda qo‘llay olishga o‘rgatishdir.



O'xshash resurslar